«jahongir otajonov» tegli maqolalar


Jahongir Otajonov 3 nafar farzandidan aliment qarzdorligi sabab O‘zbekistondan chiqib ketolmadi
19 oktabr 2021, 18:11

Jahongir Otajonov 3 nafar farzandidan aliment qarzdorligi sabab O‘zbekistondan chiqib ketolmadi

Jahongir Otajonov O‘zbekistonni tark etishiga taqiq qo‘yilganini ma’lum qildi. MIBning ma’lum qilishicha, fuqaroda 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undiruviga oid 3 ta ijro ishlari mavjudligi aniqlangan va uning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

Sud Jahongir Otajonovni ogohlantirish bilan kifoyalandi
16 avgust 2021, 15:22

Sud Jahongir Otajonovni ogohlantirish bilan kifoyalandi

Sud majlisida qo‘shiqchi Jahongir Otajonov IIB xodimlarini haqorat qilganini tan oldi va qilgan ishidan pushanmon ekanligini bildirdi. Shuni hisobga olgan holda sud uni javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan cheklandi.

Jahongir Otajonovning ishi sudga oshirildi — Toshkent IIBB
24 iyul 2021, 20:55

Jahongir Otajonovning ishi sudga oshirildi — Toshkent IIBB

Toshkent IIBB sobiq xonanda Jahongir Otajonovning videomurojaatda aytgan gaplarida haqorat alomatlari bor deb topdi. Ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sudga oshirildi.

Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini ma’lum qildi
12 iyul 2021, 12:08

Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini ma’lum qildi

San’atdan ketishini e’lon qilgan va prezident saylovlarida ishtirok etishni niyat qilgan Jaxongir Otajonov onasining noroziligi tufayli siyosatdan ketishini e’lon qildi. U bu yil konsert berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Jahongir Otajonovning haqoratomuz video chiqishlariga huquqiy baho beriladi — Toshkent IIBB
29 iyun 2021, 13:32

Jahongir Otajonovning haqoratomuz video chiqishlariga huquqiy baho beriladi — Toshkent IIBB

Jahongir Otajonovning davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz video chiqishlarida tuhmat va haqorat qilish alomatlari mavjud bo‘lgani sababli, holatga tegishli tartibda huquqiy baho beriladi. Ma’lum qilinishicha, Jahongir Otajonov o‘z chiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, o‘zining maishiy muammolariga omma e’tiborini tortishga uringan.

Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani demokratiya yo‘lida ekanligimizni anglatadi — Rasul Kusherbayev
18 fevral 2021, 12:37

Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani demokratiya yo‘lida ekanligimizni anglatadi — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani — bu demokratlashuvning ko‘rinishi ekanligini aytdi. «Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchiman degani fojea emas. Men xursand bo‘ldim. Vanihoyat, O‘zbekistonda ham qo‘rqmasdan, odamlar men prezident bo‘lishni xoylayman, deb erkin ayta olish darajasiga yetib kelibmiz. Bu bizning yutug‘imiz emasmi?» — dedi deputat. Kusherbayev bu prezident olib borayotgan siyosatining natijasi ekanligini ta’kidladi.

Jahongir Otajonov prezident saylovlarida qatnashmoqchi ekanligini ma’lum qildi
20 yanvar 2021, 16:16

Jahongir Otajonov prezident saylovlarida qatnashmoqchi ekanligini ma’lum qildi

Sobiq xonanda Jahongir Otajonov O‘zbekiston prezidenti saylovlarida qatnashish istagi borligini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa, partiya tuzaman», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting